Takror qaytgingiz keladigan choyxona.
Hamkor haqida
Majnuntol choyxonasi “Boqiy shahar” etnomajmuasida O‘zbekistonning asl ta’mi bilan, qadimiy mehmondo‘stlik an’analari va bolalikdan tanish o‘zbek taomlari uyg‘unlashgan maskandir. Bu joy shoshilmas suhbatlar, oilaviy tushliklar va samimiy uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan. Taomnoma o‘zida haqiqiylik va soddalikni birlashtiradi. Har bir detal mehmon iliqlik, g‘amxo‘rlik va sharqona saxiylikni his qilishi uchun puxta o‘ylangan.

